Sönggi vaqtlarda mamlakatda korrupsiya mavzusi faol muhokama qilina boşladi. Uşbu ijtimoiy illatga qarşi qonunlar, farmonlar qabul qilinmoqda. Mazkur muammoga doir turli fikrlar bildirilmoqda. Yuliy Yusupov iqtisodçi-ekspert sifatida bölayotgan jarayonlarga öz fikrini bildirmoqda.  

Korrupsiya – faqatgina Özbekiston emas, balki aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişidagi asosiy boş oğriqlaridan biri hisoblanadi. Özbekiston ham bu borada mustasno emas. Albatta, bu «kasallik» bilan kuraşiş lozim va şart. Biroq, uning körinişlari emas, aksinça uning sabablariga qarşi kuraşiş kerak. 

Korrupsiyaning ildizlari qançalik çuqur va umuman uni «ildizi» bilan yöqotiş mumkinmi?

Birinçidan, bu fuqarolarning biznes yuritişlari va tadbirkorlik faoliyatlari bilan şuğullanişlari uçun turli xil ruxsatlarni beriş borasida davlat organlari va mulozimlarning keng vakolatlaridir. 

Davlat mulozimlarining nimagadir ruxsat beriş va bermaslik vakolati qançalik keng bölsa, ruxsatlarni (litsenziyalar, sertifikatlar va b.) beriş jarayoni şunçalik şaffof bölmaydi. Bu holatda tamagirlik va pora oliş uçun imkoniyat ham kengayadi. Bundan taşqari, köplab taqiqlar va çeklovlar bölsa, korrupsiya sxemalari xususiy sektorga ham öta boşlaydi. 

Masalan, naqd pullarni beriş borasida ma'muriy tösiqlar tijorat banklari, bank işçilari, savdo taşkilotlariga pullarni naqdlaştirişda «şapka» olişlari uçun qulay şaroitdir. Şunga köra, aytiş mumkinki, faqat mulozimlar poraxör bölmaydi!

Ikkinçidan, korrupsiya – davlat va mulozimlarning bozor mexanizmlari işiga turli usulda aralaşuvidir. Narxlarni boşqariş, foiz stavkalarini belgilaş, almaşuv kursi, zaxiralarni markazdan taqsimlaş, ayrim korxonalarga turliça imtiyozlar beriş şular jumlasidan. 

Agar birorta mahsulot yoki zaxira narxi boşqarilsa, tez orada uning tanqisligi kuzatiladi. Natijada navbatda turişlar, qora bozor, «şapka», foydadan uluş beriş va boşqa şu kabi tanqislik hamda iqtisodiyotining allambalo körinişlariga duç kelinadi. Valyuta kursi va foiz stavkalarini boşqarişda ham şunday holatni uçratiş mumkin. Bu safar, faqat davlat mulozimlari emas, balki tijorat sohasi xodimlari ham “mömaygina daromad” topişga harakat qiladi. Imtiyozlarni taqdim qilişda ham şunga duç kelinadi. Biznes davlat hisobidan qandaydir imtiyozlarga ega böliş borasida qançalik köproq imkonga ega bölsa, korrupsiya ehtimoli ham şunçalik ortadi. 

Özbekistonda, afsuski, davlat organlari va mulozimlarning nimagadir ruxsat beriş yoki taqiqlaş, bozor mexanizmlariga aralaşiş, biznes yuritişga noteng şaroitlar yaratiş borasidagi imkoniyatlari hamda vakolatlari ulkandir. Davlatning iqtisodiyotdagi örnini keskin özgartiruvçi iqtisodiy va ma'muriy islohotlarsiz, korrupsiya «ildizi»ni yöqotiş muammosini hal etib bölmaydi.