Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda havo ifloslanishini keng ko‘lamli monitoring qilish boshlandi
Foto: AP
Xitoy atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha vazirligi mamlakatning 28 shahrida havo ifloslanishi darajasini monitoring qilish bo‘yicha kuchaytirilgan dastur boshlangani haqida ma'lum qildi. Bu holat bir yil davomida olib boriladi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
China Daily gazetasining yozishicha, ishlarda 5,6 mingga yaqin hukumat ishchilari ishtirok etadi. Vazirlik shuningdek turli korxonalar tomonidan ifloslantiruvchi moddalar haqidagi ma'lumotlarni yashirish va ularni soxtalashtirish holatlari haqida ham xabar bergan. Tabiatni muhofaza qilish siyosati sohasidagi jiddiy qonunbuzarliklar Pekin, Tyantszin, shuningdek qo‘shni viloyatlar - Xebey, Shandun va Shansidagi tekshiruvlar davomida aniqlangan.
Xitoy hukumati 2017 yilda shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi havoning ifloslanish darajasini 2012 yildagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda 10 foizga qadar kamaytirish niyatida. Joriy yilning mart oyida esa XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan mamlakat hukumati havo ifloslanishi bilan kurash bo‘yicha choralar qabul qilmoqchi ekanini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda havoga chiqariladigan oltingugurt dioksidi va azot oksidi hajmi 3 foizga kamayadi, havodagi PM2,5 zararli zarrachalari zichligi ham ancha tushadi.
Mavzuga oid
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026