Janubiy Koreya prezidentligiga asosiy nomzod KXDRni dushman deb tan olishdan bosh tortdi
Koreya Respublikasidagi saylovoldi poygasi yetakchisi Mun Je In KXDRni o‘z mamlakati asosiy dushmani, deb tan olishdan bosh tortdi. U bu haqda televizion debatlar chog‘ida ma'lum qilgan.
"O‘ylashimcha, prezidentlikka nomzod bunday bayonotlar berishi kerak emas. Milliy mudofaa vazirligi Shimolni dushman, deb atasa – bu ularni ishi, biroq prezidentlikka nomzod bunday so‘zlarni ishlatishi joiz emas", - deya aytib o‘tdi Mun Je In. "Shunday holat ro‘y berishi mumkinki, prezident bo‘lishni istagan shaxs saylanadigan bo‘lsa, Pxenyan bilan ikki davlat o‘rtasida tinchlikka erishish bo‘yicha muloqotni shaxsan olib borishiga to‘g‘ri keladi", - deya aniqlik kiritdi u.
Keyinchalik Mun Je Inning rasmiy vakili prezidentlikka nomzodning bayonoti uni “Shimoliy Koreyaga yaqin pozitsiyasidan” darak bermasligini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mun Je In saylovlarda g‘alaba qozonsa “mudofaa vaziriga Pxenyanning barcha fitna harakatlariga tayyor turish haqida topshiriq beradi”, biroq, shu bilan birga, TIV rahbariga “Shimoliy Koreya yadro muammosini tinch siyosiy va diplomatik usullar bilan hal qilishi” haqida ham ko‘rsatmalar beriladi. Birlashuv vazirligi “Koreya yarim orolidagi keskinlikni pasaytirish ustida Seulning Pxenyan bilan muloqoti orqali ishlaydi, ammo Shimolga qarshi xalqaro sanksiyalar ham yodda tutiladi”.
Ayni kunda liberallar vakili, “Toburo” Demokratik partiyasi sobiq rahbari Mun Je In Koreya Respublikasi prezidenti lavozimiga saylanishi mumkin bo‘lgan eng mashhur nomzod bo‘lib turibdi. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, unga respondentlarning taxminan 40 foizi ovoz berishga tayyor.
Mavzuga oid
18:30
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
17:51
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchiga ham impichment e’lon qilmoqchi
17:43 / 25.12.2024
Janubiy Koreya “o‘ta qari jamiyat” deb tan olindi
17:35 / 25.12.2024