Texnologiya | 11:43 / 28.04.2017
17563
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Ilon Maskning Los-Anjyeles ostidan tunnel qurish uchun burg‘ilash mashinasi

Foto: TJournal

SpaceX xodimi "Instagram"dagi o‘z sahifasida kompaniya rahbari va Tesla asoschisi Ilon Maskning burg‘ilash mashinasi tasvirlangan birinchi suratni taqdim etdi. Mashinadan Los-Anjyeles ostidan tunnel qurish maqsadida foydalanilmoqda.

Surat muallifi unga “burg‘ilashning yana bir kuni”, deya izoh qoldirdi. Fotosuratga boshqa hech qanday ma'lumotlar ilova qilinmagan.

Qurilmada The Boring Company yorlig‘i bor, u Maskning endilikda transport tunnellari ishlab chiqish va qurish bilan shug‘ullanuvchi firmasidir.

SpaceX tomonidan taqdim etilgan fotosuratga OAV e'tibor qaratdi. Paydo bo‘lgan katta qiziqishdan so‘ng, u suratni o‘chirib tashladi va Instagram’dagi sahifasini yopib qo‘ydi. U nega shunday qilgani – noma'lum.

Fevral oyida Mask Bloomberg’ga burg‘ilash mashinasi tayyor ekani va undan foydalanilayotgani haqida xabar bergandi. Uning og‘irligi 1,2 ming tonna, diametri – 7,9 metr, uzunligi esa – 121,9 metr keladi. SpaceX asoschisi mashinaga ism ham qo‘yib olgan – uni Nanni, deb atashadi.

Taqdim etilgan suratda Nanni ekanligi – aniq emas. SpaceX vakili The Verge’ning bu borada qilgan murojaatiga javob qaytarmagan. Nashrdan ta'kidlashlaricha, suratdagi uskuna hajmiga ko‘ra qurilmaning bir qismi bo‘lishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid