09:10 / 04.05.2017
11440

Qozog‘istondan noqonuniy kirib kelayotgan fuqaro yuk poyezdidan o‘zini tashlab yubordi

Chegara xodimlari qo‘liga tushmaslik, o‘zining qilgan jinoyatini yashirish maqsadida harakatlanib turgan poyezdlardan sakrash holatlari ko‘p uchrab turadi.

24post.uz’ning yozishicha, shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi Dilya Dizulbayeva 2015 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Duzilbayev Miranbekning ham hayotini xavf ostiga qo‘yib, Qozog‘iston fuqarolari Maks va Jaslanlarga pul berish evaziga yuk poyezdi orqali hududimizga kirib kelishni maqsad qiladi.

Qozog‘istondan noqonuniy kirib kelayotgan fuqaro yuk poyezdidan o‘zini tashlab halok bo‘lgan holatlar ham bor.  Xususan, 2015 yil 16 dekabr kuni yuk poyezdlarida1994 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Gildasova Natalya Aleksandrovna Qozog‘iston Respublikasidan noqonuniy kirib kelayotganda chegara hududiga yetgan yuk poyezdidan o‘zini tashlab, temir yo‘l izlari orasiga tushgan va voqea joyida halok bo‘lgan.

Toshkent tarmoq ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘linmasi ish yurituvida Qozog‘iston Respublikasidan  O‘zbekiston Respublikasiga qonunga xilof ravishda kirganlik holatlari ko‘p uchraydi. Ushbu holatda fuqarolar Qozog‘iston Respublikasiga ishlash maqsadida borib, u yerda berilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tmay, shuningdek, mehnat shartnomasi tuzmay ishlashmoqda.

Ushbu holatlarni kelib chiqish holatlar o‘rganilganda, fuqarolarning qonunni bilmasliklari sabab bo‘layotgan  aniqlandi. O‘zbekiston hududiga yuk poyezdida kirib kelish qonunga xilof ekanini bilmaslik fuqarolarni javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Mavzuga oid
Top