Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik haydovchilar yo‘l chetidagi uyga bir yilda 48 marta urilishdi
Foto: Mashable
Xitoyning Xeyluntszyan viloyatidagi yo‘llardan birining chetida qurilgan bir qavatli juda mashhur. Gap shundaki, 2016 yilda unga 48 marta mashinalar kelib urilgan. Bino T-shaklli chorraha yonida joylashgan bo‘lib, haydovchilar burilish chog‘ida boshqaruvni eplay olishmaydi.
Uy egasi Xe Xaytszyun uyga «Tezlikni pasaytiring!» degan so‘zlar yozilgan yirik plakatni ham osib qo‘ydi, ammo bu yordam bermadi.
Xaytszyun so‘zlariga ko‘ra, avtofalokatlar bir necha yillar muqaddam yuz berishni boshlagan. O‘shanda uy qarshisida yangi yo‘lni yotqizishgan. Haydovchilar chorrahada 90 darajali chapga qayrilish chog‘ida boshqaruvni eplay olmay uyga kelib uriladi.
Xaytszyun va uning xotini Syuy Jensyan esa yo‘l qurilganidan beri ro‘y bergan shu kabi hodisalarni hisoblab borishadi. Ayni vaqtgacha 100dan ortiq avtomobil uyga urilgan. Er-xotin, shuningdek, yuz bergan hodisalarni suratga olib, ularni shahar ma'muriyatiga topshirilgan murojaatlar to‘plamiga qo‘shib qo‘yishmoqda.
Mulozimlar hozircha bu arizaga e'tibor qaratishgani yo‘q, shu boisdan ham Xaytszyun eski g‘ishtlardan o‘ziga xos to‘siq yasadi. Erkakning ishonch bildirishicha, avtomobillar bu bilan uygacha kela olmaydi.
Mavzuga oid
19:30 / 13.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonda 1854 kishi YTH qurboni bo‘ldi
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026