08:43 / 15.05.2017
5050

Xitoyda 23 yil avval o‘g‘rilik sodir etgan jinoyatchi ushlandi

Foto: RIA

Xitoy politsiyasi 23 yil avval o‘g‘rilik sodir etgan jinoyatchini ushladi. Li Ixay ismli jinoyatchi shu o‘tgan davr ichida yashirinib yurgan.

Ixay 1994 yilda Xubey viloyatining Tszishan uyezdida joylashgan 300 ta sag‘anadan birini talashda ishtirok etgan. 2,4 ming yillik sag‘anadan u yerda ko‘milgan ayolning qoldiqlari va qimmatbaho qadimiy buyumlar o‘g‘irlangan. 

Politsiya o‘g‘rilikni sodir etishda ishtirok etgan 23 kishini tezkorlik bilan qo‘lga olgan va 20 dan ko‘proq buyumni qaytara olgan. Ixay esa yashirinishga muvaffaq bo‘lgan va 20 yildan ko‘proq vaqt davomida uning qayerdaligi noma'lum bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari u qayerda yashirinayotganini joriy yilning may oyidagina aniqlab, darhol uni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishgan.   

Top