17:50 / 25.05.2017
41445

Aka-uka Azimovlarga ayblov e'lon qilindi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan terakt bo‘yicha Abror va Akram Azimovlarga rasman ayblov e'lon qildi. Bu haqda ayblanuvchilarning advokati Dmitriy Dinzega asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«Ularga RF JKning ikki moddasi bo‘yicha [205 modda ("Terrorchilik akti") va 222 modda ("Noqouniy qurol saqlash")] ayblov qo‘yildi», — degan advokat.

21 aprel kuni Peterburgdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotgan aka-uka Azimovlarning Rossiya fuqaroligi bekor qilingani ma'lum bo‘lgandi. Bunga ularning otasi fuqarolik olish vaqtida yolg‘on ma'lumotlar bergani sabab edi.

Sankt-Peterburg metrosining «Sennaya ploshad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlari oralig‘idagi portlash 3 aprel kuni yuz bergan edi. Vagondagi portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi.

18 aprel kuni Moskva shahar Basmanniy tuman sudi terakt tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan asli qirg‘izistonlik Abror Azimovni hibsga olish haqida qaror chiqardi, ko‘p o‘tmay uning akasi — Akram Azimov qo‘lga olindi.

FSB ma'lumotlarga ko‘ra, Akram Azimov Turkiyadan pul olib, terrorchilarni moliyalashtirgan, shuningdek, ularni soxta hujjatlar bilan ta'minlagan.

Mavzuga oid
Top