10:36 / 25.05.2017
11967

Toshkentda birovning “Spark” mashinasini 6 ming dollarga sotib yuborgan firibgar aniqlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida avto firibgarlik fosh etildi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan Mubasher Muxitdinovich Mamadjanov, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Mirobod tumani hududida fuqaro Bazarbayev Sherzodga (jabrlanuvchining ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan bahosi 6.000 AQSh dollarlik “Spark” avtoulovini qo‘lga kiritib, Olmazor tumanida yashovchi fuqaroga sotib yuborgan va olingan pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Mamadjanovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan takroran qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mamadjanovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari mumkin.

Top