Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron: Suriya davlatining yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak
Foto: RIA
RF prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasidagi o‘zaro muzokaralar ochiq ruhda o‘tdi. Bu haqida Makronning so‘zlariga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Bu birinchi marta fikr almashishimiz, o‘ylashimcha, u juda ochiq ruhda o‘tdi, biz bir-birimizga ko‘p narsalarni ayta oldik. Men bir qator vaziyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarimni bayon qildim... O‘ylaymanki, aytilishi kerak bo‘lgan barcha gaplarni bir-birimizga aytdik", - dedi Makron Rossiya davlat rahbari bilan o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Shuningdek Fransiya yetakchisi Suriya davlatining yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida so‘zladi.
"Suriya davlatining yo‘q bo‘lishiga va bu mintaqadagi vaziyatning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", - dedi Makron.
"Bu yerda ikki qizil chiziq bor: kimyoviy qurol qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik va tinch aholini gumanitar yordam bilan ta'minlash. Men Suriyadagi terrorchilarga qarshi urushda g‘alaba qozonmoqchiman va u yerdagi vaziyatni birgalikda barqarorlashtirishimizni istayman. Biz hamkorlikda shu ish ustida ishlaymiz", - deya qo‘shimcha qildi Fransiya prezidenti.
Mavzuga oid
17:46 / 15.02.2026
Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
14:52 / 11.02.2026
Kallas yevropaliklarni Putin bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga chaqirdi
13:41 / 09.02.2026