Jahon | 11:53 / 17.07.2017
6263
1 daqiqa o‘qiladi

BAA ayblovni rad etdi: "Qatarga kiberhujumni biz tashkillashtirmaganmiz"

Birlashgan Arab Amirliklarining AQShdagi elchisi Yusuf al-Utaybaning ma'lum qilishicha, BAA Qatar davlat yangiliklar agentliklariga kiberhujumni tashkillashtirgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«The Washington Post’ning xabari yolg‘on. BAA ushbu maqolada ko‘rsatilgan kiberhujumda hech qanday o‘rin tutmagan», - deya diplomatning bayonotidan iqtibos keltiradi BAAning AQShdagi elchixonasi Twitter’dagi sahifada.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Amerika razvedka hamjamiyatidagi manbalarga asosan, BAA Qatar OAVga kiberhujumni tashkillashtirgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid