Jahon | 19:24 / 18.07.2017
9154
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 

Foto: Wikipedia

AQSh Eron raketa dasturi bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga 18 tashkilot va jismoniy shaxsni kiritdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat departamenti va moliya vazirligi bayonotlarida aytiladi.

Xususan, sanksiyalar ro‘yxatida ballistik raketalar yaratish dasturiga jalb etilgan ikki tashkilot, Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusini qo‘llab-quvvatlovchi yetti tashkilot va besh nafar jismoniy shaxs bor. Bundan tashqari, ro‘yxatga “amerikalik hamda g‘arbiy kompyuter dasturlarini o‘g‘irlashda ishtirok etgan kriminal tashkilot, eronlik ikki tadbirkor va tashkilot” kiritilgan, deyiladi moliya vazirligi bayonotida.

Davlat departamenti ham o‘z bayonotida AQShning Eronga nisbatan talablari va ayblovlarini sanab o‘tgan, ular orasida – “Hezballoh”, XAMAS va “Islom Falastin jihodi” tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, “Isroil va Yaqin Sharqdagi barqarorlikka tahdid”, Suriya hukumati hamda Yamanda isyonchi-husiylarni qo‘llab-quvvatlash bor.

Mavzuga oid