Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeyms Bond haqidagi yubiley, 25-film qachon chiqishi ma'lum
Foto: variety.com
007 agent Jyeyms Bond haqidagi yubiley, 25-film 2019 yilning noyabrida taqdim etiladi, deb xabar bermoqda Variety. Bu haqda Metro-Goldwyn-Mayer va Eon Productions kompaniyalari ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, film kinoteatrlarda 2019 yilning 8 noyabr kuni taqdim etiladi. Shu bilan birga, Deniyel Kreyg Bond rolini ijro etishi yoki etmasligi noma'lumligicha qolmoqda.
Kompaniyalarning ma'lum qilishicha, boshqa davlatlarda film qachon chiqishi, aktyorlar tarkibi va rejissyor haqidagi ma'lumot keyinchalik oshkor etiladi.
Biroq, kinokartina uchun ssenariyni «Kazino «Royal», «Shafqat kvanti» mualliflari Nil Pyorvis va Robert Ueyd yozishi ma'lum bo‘lib ulgurdi.
Variety’ning qayd etishicha, Kreyg katta ehtimol bilan yana 007 agent rolini ijro etadi.
Mavzuga oid
16:14 / 08.12.2025
Aston Martin yarim asr uyda zanglab yotdi, endi esa u million funtga baholanmoqda
16:17 / 23.05.2025
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi
07:57 / 11.04.2023
Parijda O‘zbekistonda suratga olingan tarixiy ovozsiz filmlar namoyish etildi
11:07 / 27.02.2023