Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:24 / 28.08.2017
23676
1 daqiqa o‘qiladi
«Real» rekord o‘rnatdi
Foto: BBC Sports
«Real» yarim himoyachisi Marko Asensio Ispaniya Primerasining 2-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi kechgan o‘yinning 10-daqiqasida gol urdi.
Shu tariqa, Madrid jamoasi barcha musobaqalarda ketma-ket 70 ta o‘yinda maydonni golsiz tark etmadi.
«Real» Yevropaning top-5 chempionatlaridagi qatorasiga 70 o‘yinda gol urgan ilk jamoaga aylandi.
«Qaymoqranglilar» so‘nggi bor 2016 yilning 26 aprel kuni YeChL yarim finalida «Manchester Siti» bilan kechgan bellashuvda (0:0) raqib darvozasini ishg‘ol eta olmagandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish