17:00 / 10.09.2017
12081

Peterburg musulmonlari Myanma rohingyalarini qo‘llab aksiya o‘tkazishdi

10 sentabr kuni Peterburg politsiyasi Myanma musulmonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida nosanksiyaviy aksiyaga yig‘ilgan yuzdan ziyod kishini qo‘lga oldi. 

"Hukumat bilan muvofiqlashtirilmagan aksiyalarda 100dan ortiq kishi qo‘lga olindi", - deydi "Interfaks" manbasi. Agentlik bu borada politsiyadan izoh olishning uddasidan chiqa olmadi. 

Manbaga ko‘ra, qo‘lga olinganlar ustidan 20.2 KoAP moddasi (namoyish o‘tkazishga doir belgilangan tartibni buzish) bo‘yicha ma'muriy protokollar tuzilgan. Ba'zi ishtirokchilar shuningdek 19.3 KoAP moddasini (politsiya xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik) buzganlikda ham ayblanishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, shanba kuni kechqurun millatlararo munosabatlar va migratsion siyosatni amalga oshiruvchi qo‘mita aholisining aksariyati islom diniga e'tiqod qiluvchi RF mintaqalari vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Mavzu Myanmadagi vaziyat bo‘lgan. Ishtirokchilar Peterburg musulmonlariga shimoliy poytaxtda Myanma musulmonlarini qo‘llab-quvvatlovchi nosanksiyaviy namoyishlardan voz kechishga chaqirilgan murojaatni qabul qilishgan.

"Biz Peterburgning barcha musulmonlariga murojaat qilamiz: qonunni buzishga doir chaqiriqlarga aldanmang, ishonchsiz ma'lumotlarga asoslanib, shoshilinch xulosalar chiqarmang. Sankt-Peterburg - umumiy uyimiz. Shahardagi tinchlik, millatlar va dinlararo totuvlik - bu bizning umumiy yutug‘imiz, biz uni saqlab qolishimiz kerak", - deyiladi murojaatda. 

Mavzu
Myanma fojialari

O‘tib borayotgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohingya jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o‘t qo‘yildi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top