07:47 / 12.09.2017
7215

Belgiya shaharlaridan birining meri qabristonda o‘lik holda topildi

Foto: AP

Belgiyaning Muskron (50 ming aholi) shahri burgomistri 11 sentabrda kechki vaqt tomog‘i so‘yilgan holda uyi yonidagi qabristonda topildi. U bu qabriston eshigini har kuni ochib-yopib yurgan. Bu haqda Belga axborot agentligi xabar bermoqda

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, merni o‘ldirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan. Voqea joyiga kelgan prokuratura vakili gumonlanuvchi tan oluvchi ko‘rsatmalar berganini ma'lum qilgan. 71 yoshli merning o‘ldirilishi sabablari ma'lum qilinmagan. 

Politsiya Lyuin aholi punktidagi qabristonda erkak o‘ldirilgani haqida anonim qo‘ng‘iroq kelib tushishi bilan voqea joyiga yetib borgan. 

Mavzuga oid
Top