09:31 / 13.09.2017
26951

Yangi iPhone taqdimot marosimida ishlab chiqaruvchilar sharmanda bo‘ldi

Foto: Apple

iPhone X taqdimot marosimi vaqtida qurilmada Face ID yuzni farqlash funksiyasi ishlamadi.

Qurilma kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Federini tomonidan taqdim etildi. U Face ID funksiyasini ish jarayonida ko‘rsatmoqchi bo‘lganida, ekranda quyidagi xabar paydo bo‘lgan: «Face ID’ni ochish uchun raqamli maxfiy so‘zni kiriting».

Federini yana bir muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng zaxiradagi qurilmani qo‘liga olgan, u esa vitse-prezidentni «tanidi» hamda tezlik bilan ochildi.

Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 8 smartfonini taqdim etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top