Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDR tufayli Rossiya va Xitoyga bayonot bilan chiqdi
Foto: Reuters
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Rossiya va Xitoyni KXDR raketa sinovlariga murosasizlik bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Xitoy va Rossiya o‘z tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlarni qabul qilish orqali, bu aqlsiz sinovlarga murosasiz pozitsiyada ekanliklarini ko‘rsatishlari lozim», - degan davlat kotibi.
Tillersonning bayonotida aytilishicha, «Xitoy KXDR uchun neft yetkazib beruvchi asosiy davlat, Rossiya esa – shimoliy koreyalik fuqarolar majburiy mehnatidan foydalanuvchi eng yirik ish beruvchidir».
Avvalroq Shimoliy Koreya Tinch okeani tomon raketa uchirgani xabar berildi. Shundan so‘ng Janubiy Koreya KXDR harakatiga javoban darhol o‘z ballistik raketasini uchirdi. Biroz o‘tib esa KXDR raketasi qancha masofani uchib o‘tgani va qanday balandlikka ko‘tarilgani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:30 / 15.05.2026
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
08:42 / 15.05.2026
Kiyevga yirik hujum: kamida 21 kishi halok bo‘ldi
08:29 / 15.05.2026
Tramp: Pekin Eronga qurol yetkazmaslikka va’da berdi
07:42 / 15.05.2026