Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari va NATO bosh kotibi Afg‘onistonga e'lon qilinmagan tashrif bilan keldi
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan birgalikda Kobulga e'lon qilinmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, bu AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning yangi strategiyasi haqida ma'lum qilganidan so‘ng, Mettisning Afg‘onistonga birinchi marta borishidir.
Donald Tramp avgust oyida Afg‘onistondagi Qo‘shma Shtatlar kontingenti 14 ming harbiy xizmatchiga ko‘paytirilishi haqida ma'lum qilgandi.
31 avgust kuni Jyeyms Mettis Afg‘onistonga qo‘shimcha qo‘shinlar yuborish haqidagi farmonni imzoladi.
Mavzuga oid
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi
17:50 / 25.12.2025
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi
13:46 / 19.12.2025