Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 ming dollardan ziyodga! Yana bir chiroyli raqam egasini topdi
Bugun 777 dan iborat, Toshkent shahriga tegishli uchta avtomobil raqami avtoraqamlar onlayn auksioniga qo‘yilgandi.
Jumladan, 14 mln. 977 ming 500 so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan 01 E 777 AB raqami 73 mln. 839 ming 75 so‘mga, 01 D 777 AB raqami esa — 73 mln. 389 ming 750 so‘mga sotilgan edi.
Nihoyat bu borada ham rekord o‘rnatildi. 01 S 777 AB avtomobil raqami auksionda 81 million 926 ming 925 so‘mga pullandi.

Bu esa Markaziy bank rasmiy kursi bilan 10 ming AQSh dollaridan ziyodroq summani tashkil etadi yoki yurtimizda ishlab chiqarilayotgan ba'zi avtomobillar bahosiga teng.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025