08:48 / 28.09.2017
18224

Toshkentda “Lasetti” haydovchisi bir insonning umriga zomin bo‘ldi

2017 yil 25 sentabr kuni soat 08:00larda, Chilonzor tumani, “Bunyodkor” ko‘chasida joylashgan “Oq tulpor” restorani qarshisida, 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi “Lasetti” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda - 1981 yilda tug‘ilgan ayol kishi, yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Chilonzor tumanida mashina haydagan qizning piyodalarni urib ketishi fojiali tugagani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top