«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChLda o‘tkazilgan uchrashuvlar soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi.
Londonning «Tottenhem» jamoasi bilan musobaqa guruh bosqichining uchinchi turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda portugaliyalik o‘z faoliyatidagi 143-uchrashuvini o‘tkazdi. Ronaldu bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Barselona» yarim himoyachisi Xavi (151 uchrashuv) va «Portu» darvozaboni Iker Kasilyasdan (166) ortda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Madridda bo‘lib o‘tgan «Real» hamda «Tottenhem» o‘rtasidagi bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.