O‘zbekiston | 20:40 / 02.11.2017
7981
1 daqiqa o‘qiladi

Medvedev Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni ijobiy baholadi

Foto: RG.ru

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi rivojlanishda taraqqiyot kuzatilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Taraqqiyot mavjud, savdo-iqtisodiy aloqalar salmoqli, g‘ayratli bo‘ldi, ular barcha yo‘nalishlar, jumladan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish, sanoat kooperatsiyasi, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha rivojlanmoqda”, deb aytgan Medvedev.  

Medvedevning ta'kidlashicha, hukumatlararo hujjatlar katta paketining imzolanishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada ilgari surish uchun yaxshi asos bo‘ladi.

Mavzuga oid