NASA astronomlari Yerning yigirmaga yaqin potensial egizaklarini topishdi

Foto: NASA/JPL-Caltech
Suratlar tahlilining yangi uslubi «Kepler» teleskopi ilmiy jamoasiga ilgari noma'lum bo‘lgan, o‘lchami, massasi va boshqa xossalari bilan Yerga o‘xshash yigirmaga yaqin yangi sayyoralarni ochishga yordam bergan, deyiladi Astrophysical Journal Supplement jurnalida chop etish uchun qabul qilingan maqolada.
«KOI-7923.01 ekzoplanetasi o‘z yoritqichi atrofini taxminan 395 kunda bir marta aylanadi va potensial hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan Yerning eng qiziqarli egizaklaridan biri hisoblanadi. Uning o‘lchamlari sayyorimiznikiga yaqin, lekin iqlimi biroz sovuqroq», — dedi «Kepler» missiyasi rahbari Jyef Koflin.
«Kepler» orbital teleskopi uchirilgach, Quyosh sistemasidan tashqaridagi ikki mingdan ziyod sayyora topilgan, ularning orasidan o‘nlab sayyoralar Yerning potensial egizaklari yoki hayot hududi, deb ataluvchi zonada joylashgan. Ularning ochilishi sayyorashunoslar va astrobiologlarni ushbu sayyoralarning yashash uchun yaroqliligi aniqlash yoki ularning atmosferasidan hayot nishonasini topish tomon ilhomlantirdi.
2013 yilning mayida teleskop ishdan chiqdi va olimlar undan K2 missiyasi deb nom olgan tadqiqotlardagi foydalanib turishdi. Buzulgunga qadar «Kepler» koinotning ma'lum bir nuqtasiga qaratilgan va faqat ma'lum bir yulduzlar turkumi orasidagi osmonni kuzata olar edi.
«Tirilgach» teleskop osmon gardishining turli uchastkalarini kuzatish imkonini berdi: NASA mutaxassislari Quyosh nuri uning obektiviga tushmasligi uchun vaqti-vaqti bilan uni burib turishadi.
Koflinning qayd etishicha, ko‘plab sayyoralar o‘z yoritqichidan uzoq masofada joylashgan, shu sababli 4 yillik kuzatish davomida ular o‘z yulduzi atrofidan ikki-uch marta, aksariyati esa bir marta aylanishga ulgurgan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda radarlar mashmashasi: kim haq?
O‘zbekiston | 17:47
-
Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 17:44
-
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06
-
"Biznesni rivojlantirish banki" Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” ilovalari taqdimotini o‘tkazdi
O‘zbekiston | 16:59
Mavzuga oid

23:01 / 22.04.2025
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi

23:45 / 13.04.2025
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi

17:51 / 03.04.2025
NASA YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashish xavfini yuqori baholadi

01:07 / 03.04.2025