12:25 / 15.11.2017
11170

Buffon dunyo rekordiga 10ta o‘yin qolganida to‘xtatdi

Foto: Getty Images

«Yuventus» posboni Janluiji Buffon Italiya terma jamoasini tark etadi va tarixiy rekordni yangilamaydi.

«Skuadra Adzurra» safida 175ta o‘yinda maydonga tushgan Buffon dunyo rekordiga 10ta o‘yin qolganida halqaro faoliyatini yakunladi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha misrlik Ahmad Hasan peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida 185ta o‘yin bor.

Terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:

185 - Ahmad Hasan (Misr) 
178 - Muhammad Al-Deayya (Saudiya Arabistoni)
177 - Klaudio Suares (Meksika)
175 - Janluiji Buffon (Italiya)
169 - Husam Hasan (Misr) 

Mavzuga oid
Top