10:08 / 17.11.2017
9908

Andrey Malaxov birinchi marta ota bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov va uning rafiqasi Natalya Shkuleva ota-onaga aylandi, ular o‘g‘il farzandli bo‘lishdi, deb xabar bermoqda Malaxov bosh muharriri sanaluvchi StarHit nashri.

Bola Moskva viloyatidagi klinikida payshanba kuni soat 23:30da dunyoga kelgan. Teleboshlovchining rafiqasi va chaqaloq o‘zini yaxshi his qilmoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bolaning vazni 4,020 kg, bo‘yi 54 santimetr. 

Malaxov Shkuleva bilan olti yildan beri yashab kelmoqda. Avvalroq teleboshlovchi rafiqasi bilan farzand kutishayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Andrey Malaxov “Rossiya 1” telekanalida “Pryamoy efir” dasturini olib boradi, bunga qadar esa 10 yil davomida “Birinchi kanal”dagi “Pust govoryat” tok-shousiga boshlovchilik qilgan. 

Mavzuga oid
Top