14:13 / 24.11.2017
36349

25 noyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 noyabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-9, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, cho‘l hududlarining ayrim joylarida 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top