Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Shimoliy Koreyaga oid bayonot berdi

Foto: EPA
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma'lum qilishicha, xalqaro hamjamiyat KXDR bilan urushga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishi lozim.
«Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa bu shuki, bizning barchamiz, oyparast - uyqusida uyg‘oqdek yuraveradigan odamlar kabi dramatik oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan urush botqog‘iga botib ketishimiz mumkin», - deya uning so‘zlarini keltiradi Interfaks.
Uning ta'kidlashicha, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan joriy etilgan sanksiyalarga rioya qilish o‘ta muhimdir.
BMT bosh kotibining fikriga ko‘ra, «bu birinchi navbatda Shimoliy Koreyaga aloqador, biroq boshqa mamlakatlarga ham tegishli, ularning roli juda ham katta».
Guterresh Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga diplomatiya yo‘li bilan aylantirishga erishishni talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In shimoliy koreyalik olimlar hamda ishchilar “yadroviy kuchlarni sifat va son bo‘yicha mustahkamlash” uchun “eng yangi qurol va uskunalarni” ishlab chiqarishda davom etishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

18:56 / 04.07.2025