Dunyodagi ilk elektr samolyot mijozga yetkazildi
Sloveniyaning Pipistrel startapi yengil elektr samolyotlar bozorini egallamoqda. Yaqinda u Xitoy kompaniyasi bilan Osiyodagi zavodlarda Alpha Electro o‘quv-mashq va Panthera gibrid samolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha bitim tuzdi. Endi bo‘lsa o‘z mahsulotlarini Kanadaga yetkazmoqchi.
Kanada hukumati Pipistrel’ning Alpha Electro modelidagi ilk elektr samolyotga mamlakat hududi uzra uchishga ruxsat berishga yaqin turibdi. Hozircha AQSh haqida bunday deyish mumkin emas: AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi Alpha Electro’ni unda porshenli dvigatellar bo‘lishi kerakligini vaj qilib, yengil va sport samolyotlari toifasida qo‘llashga ruxsat bermayapti.
Birinchi to‘liq elektrlashtirilgan ikki kishilik Alpha Electro samolyoti Kanadadagi yangi mijoziga yetkazildi va doimi joyi Pitt-Medous aerodromida bo‘ladi.
Samolyot Siemens’ning 80 ot kuchiga ega 60 kilovvatli elektromotori bilan jihozlangan. Samolyot qanotlari qulochi 10 metrni, fyuzelyaji uzunligi 6,4 metrni, maksimal vazni 550 kgni, tezligi 157 km/soatni tashkil qiladi. Alpha Electro’ning batareyasi bir soat parvoz qilishga yetadi, uni quvvatlash uchun 45 daqiqa ketadi.
Yengil elektr samolyotlar uchuvchilar va uchishni o‘rganuvchilarni o‘qitish uchun har tomonlama mos keladi va qimmat turuvchi ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qilmaydi.
Joriy yil oxiridan AQShning Be Aerospace kompaniyasi tomondan yaratilgan Sun Fler elektr samolyotida uchuvchilar mashg‘ulot o‘tay boshlaydilar. Bu yonilg‘ida ishlovchi shunday samolyotlardan ancha nafliroqdir. Bunday bir motorli elektr samolyot bir soat parvoz uchun 3 dollar sarflagan bir vaqtda, benzinda ishlovchi xuddi shunday samolyotga 40 dollar ketadi.
Mavzuga oid
14:59 / 09.11.2024
Shaharchani butunlay vayron qilgan halokat: Kanadada Fransiya harbiy kemasi qanday portlagandi?
23:30 / 07.11.2024
Kanada TikTokʼdan mamlakatdagi bo‘linmasini yopishni talab qildi
16:11 / 22.10.2024
Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir vaqtda 38 ta itning jilovini ushlab yurgan
19:18 / 19.10.2024