11:00 / 25.12.2017
48318
Reklama

Toshkentda zamonaviy go‘sht do‘koni - Meat Voutique ishga tushdi

Foto: KUN.UZ

Odatda, butik deganda ko‘z oldimizga bejirim, qimmatbaho liboslar va aksessuarlar sotiladigan kichik do‘koncha keladi. Butik - fransuzcha "Voutique" so‘zidan olingan bo‘lib, unda asosan ma'lum bir toifadagi mijozlarga mo‘ljallangan asl mollar sotiladi. Biroq go‘sht mahsulotlari sotiladigan butik haqida eshitganmisiz? Agar eshitmagan bo‘lsangiz, endi sizda uni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish imkoniyati mavjud. 

24 dekabr kuni O‘zbekistonda ilk marotaba halol va sifatli go‘sht hamda delikates mahsulotlari sotiladigan butik - Meat Boutique do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endilikda siz yangi va shinam do‘konda go‘sht va kolbasa mahsulotlarining turli assortimentlarini topishingiz mumkin. Kun.uz muxbirining yangi do‘kon ochilish marosimidan tayyorlagan maxsus fotoreportajini tomosha qiling.

Butikni aylanar ekansiz, o‘zingizni xuddi rivojlangan xorij mamlakatlaridagi "go‘sht mahsulotlari" gallereyasiga tushib qolgandek his etasiz. Sababi, do‘kon biz bilgan va savdo qilishga odatlangan an'anaviy bozor rastalari hamda savdo shoxobchalaridan o‘zining noodatiy ko‘rinishi bilan tubdan farq qiladi. Binoning har bir burchagi, yorqin ranglari, xodimlarning saranjom-sarishtaligi eng talabgir xaridorni ham o‘ziga jalb etadi. 

Ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlar uchun ajoyib tomosha va musiqiy dastur namoyish etildi. Shuningdek, ular mazali gazak mahsulotlaridan tatib ko‘rishdi. Har bir mijozga bonus tariqasida ajoyib sovg‘alar ulashildi. Eslatib o‘tamiz, yangi do‘kon "OSIYO" go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qoshida ishga tushdi. 

Qayd etish lozimki, do‘konda sotilayotgan barcha mahsulotlarning muddati yaroqli bo‘lib, mijozlarga faqatgina sifatli va saralangan go‘shtlargina sotiladi. Yaqinlashib kelayotgan yangi yil dasturxoni uchun ham siz barcha zarur mahsulotlar - kolbasa, pishloq, mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti, baliq go‘shti, tushenka (dimlangan konserva go‘sht mahsulotlari) va boshqa turdagi go‘sht mahsulotlarini sotib olishingiz mumkin.

Ochilish marosimiga kelgan mehmonlar zamonaviy savdo do‘koni o‘zining zamonaviy dizayni hamda qulayligi bilan ajralib turishini ta'kidlashdi. Bundan tashqari, mazkur do‘konning ishga tushishi bir necha yangi ish o‘rnini ochilishiga imkon berdi.

Shoshiling! Yangi Meat Voutique do‘konida sara va xilma-xil go‘sht mahsulotlaridan bahramand bo‘ling. Mahsulotlarni hamyonbop narxlarda naqd pul yoki terminal to‘lovi orqali xarid qilishingiz mumkin. 

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani,  Arnasoy ko‘chasi, 7 A
Telefon: 277 1444

Reklama huquqi asosida

Top