13:31 / 02.01.2018
29317

Rossiya: «AQSh va KXDR o‘rtasidagi pochta qutisi emasmiz»

Foto: AP

Rossiya TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Oleg Burmistrovning ma'lum qilishicha, Rossiya AQSh va KXDR o‘rtasida muloqot boshlanishiga yordam berishga tayyor, biroq «pochta qutisi» bo‘lish niyati yo‘q. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Diplomat Rossiya ikki tomon o‘rtasida aloqa kanali rolini o‘ynamoqdami, degan savolga javob qaytarib, Moskva yozishmalar uchun shunchaki «pochta qutisi» emasligini ma'lum qildi.

«Bu – bizning format emas, buning uchun AQSh va KXDR o‘rtasida ikki tomonlama shakllar bor – ular amal qilmoqdami yoki yo‘qmi, biroq bordir. Biroq biz shuni bilamizki, ular o‘rtasida qandaydir yozishmani bir-biriga yetkazish ehtiyoji tug‘iladigan bo‘lsa, buni ham bizning yordamimizda, ham Rossiya ishtirokisiz amalga oshirishlari mumkindir», - deya ma'lum qildi u.

Shu bilan birga, diplomatning aniqlik kiritishicha, Rossiya AQSh va KXDR muloqotiga yordam ko‘rsatishga tayyor.

Top