Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp katta mojarolarga sabab bo‘layotgan kitobga munosabat bildirdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Maykl Vulfning «Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida» kitobi «yolg‘onga to‘la». Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.
«Men soxta kitob muallifiga Oq uyga kirishni taqiqlab qo‘ydim. Aslida men unga bir necha marta rad javobini berganman! Men u bilan kitob haqida hech qachon gaplashmaganman. Bu kitob yolg‘on, soxta ma'lumotlar va umuman yo‘q bo‘lgan manbalardir», - deya yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WSJ Maykl Vulfning ushbu kitobiga tayangan holda Tramp sobiq maslahatchisi Ivankani «befahm g‘isht» deb atagani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:05 / 07.03.2026