Jahon | 17:10 / 19.01.2018
8313
3 daqiqa o‘qiladi

Turkiya kurdlarga qarshi amaliyot boshlanganini e'lon qildi

Foto: Global Look Press

Turkiya hukumatida Suriya shimolidagi terrorchilarni yo‘q qilishdan boshqa yo‘l yo‘q, deya ma'lum qildi Turkiya mudofaa vaziri Nuriddin Janikli Ahaber telekanali efirida. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Afrin shahri yaqinida qurollangan kurd tuzilmalariga qarshi harbiy amaliyot de-fakto boshlanib bo‘lgan.

«Amaliyot deyarli boshlanib bo‘ldi», - degan Janikli jurnalistning savoliga javob qaytarib.

U keng ko‘lamli jangovar harakatlar qachon boshlanishi va unda qaysi kuchlar ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirishdan bosh tortdi.

«Bu amaliyot bajariladi, u yerdan terrorchilik tashkilotlari yo‘qotiladi. Bu balki bugun, balki ertaga, balki kechasi ro‘y berar», - deya aytib o‘tgan Turkiya Mudofaa vazirligi rahbari.

Janiklining ta'kidlashicha, turk harbiylari o‘z yo‘qotishlarini kamaytirish uchun barcha sa'y-harakatni ko‘rmoqda hamda YPG qurollangan tuzilmalari imkoniyatlari haqida to‘la ma'lumotga egalar. Vazirning aytishicha, turk qo‘shinlari YPG jangchilari AQShdan olgan tanklarga qarshi majmualarga tegishli javob qaytarish qudratiga ega.

Damashq Turkiya qiruvchilarini urib tushirishi haqida bayonot berdi

«Bizda o‘zimizning ishlanmalar bor – ham qurollar, ham elektron vositalar, ular bu tizimlarni bloklab qo‘yishi va yo‘q qilishi mumkin. Yaqinda hozirgi paytdagi eng kuchli tanklarga qarshi majmuaga qarshi turishi mumkin bo‘lgan tizimni ishlab chiqdik», - deya xabar berdi Janikli.

Mudofaa vazirligi rahbari Suriya hukumatining Afringa hujumda ishtirok etadigan turk samolyotlarini urib tushirish haqidagi tahdidlarini kulgili, deb atadi hamda Suriya harbiylarining real imkoniyatlari juda cheklanganini ma'lum qildi.

Janiklining bayonotlari fonida YPG vakili Reuters’ga Afrin yaqinidagi kurd qishloqlari Turkiya hududidan kuchli o‘qqa tutilayotganini xabar berdi. Shu bilan birga, YPG vakilining ishontirishicha, kurd otryadlari istalgan hujumni qaytarishga tayyor.

Mavzuga oid