Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z manfaatini ko‘zlab...
O‘zbekistonda tadbirkorlikka juda katta e'tibor qaratilib, bundan unumli foydalanganlar, o‘ziga ham, jamiyatga ham foyda keltirishmoqda. Ayrimlar esa qing‘ir yo‘l tutib, so‘ng pushaymon bo‘lmoqdalar.
Dildora Boymurodova hovlisidagi yordamchi xonada sovun ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun esa hech qayerdan ruxsat olmadi, tadbirkor sifatida ro‘yxatdan ham o‘tmadi. Bu o‘z foydasini o‘ylab faoliyat yuritgan soxta tadbirkorlik edi, xolos. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uning xonadonini tekshirishga kelishganda, qing‘irlikka oydinlik kiritildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Yashirin sexdan 236 dona xo‘jalik sovuni, sovun ishlab chiqarishga ishlatiladigan 3 tonna xomashyo, 3 dona qo‘lbola qolip, jami 2 mln 746 ming so‘mlik ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olindi.
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi kimyoviy toksokologik laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra, xo‘jalik sovunlar tashqi ko‘rinishi, hidi, kislotalik miqdori, tarkibidagi erkin uglevodlar darajasi jihatidan talabga javob bermasligi, inson organizmiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, terida dermatologik kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin ekan.
Sud Dildora Boymurodovani aybdor, deb topdi va u bir yil muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilindi.
Mavzuga oid
12:28 / 24.01.2026
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025
Fransiyada Luvrni tunashda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
14:13 / 26.10.2025