Jahon | 15:20 / 25.01.2018
13133
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp ma'muriyati yana bir kutilmagan taklif bilan chiqqan
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati 2025 yilga qadar NASA yo‘nalishi bo‘yicha Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni to‘xtatish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda The Verge byudjyet loyihasi ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Federal byudjyet loyihasi 12 fevral kuni e'lon qilinadi, unga o‘zgarishlar shu sanaga qadar kiritilishi mumkin, deya ta'kidlaydi portal. Biroq, vaziyatdan xabardor manbalar direktiva yakuniy taklifda bo‘lishini tasdiqlashgan.
Ta'kidlanishicha, byudjyetning final versiyasi Kongressda tasdiqlanishi lozim. Lekin bunday qaror xalqaro sheriklarga Tramp ma'muriyati XKS dasturini moliyalashtirish niyatida emasligini ko‘rsatishi mumkin.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024