13:12 / 08.06.2018
7561

Angliya parlamenti o‘z futbol ishqibozlarining xavfsizligidan tashvishda

Foto: ADRIAN DENNIS/AFP/Getty Images

Buyuk Britaniya parlamenti Rossiyadagi jahon chempionati uchrashuvlarida o‘z ishqibozlari xavfsizligi bo‘yicha tashvishda ekanini bildirdi. 

«Parlamentariylar ishqibozlarning xavfsizligidan jiddiy tashvishda. Bu ayniqsa etnik ozchilikni tashkil qiluvchi ishqibozlarga taalluqli», - deyiladi parlamentariylar bayonotida.

Amaldorlar ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyadagi jahon chempionatiga britaniyalik taxminan 10 ming futbol ishqibozi keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida JCh-2018 ko‘rsatilmasligi mumkin ekani xabar qilingandi. 

Top