11:48 / 06.06.2018
20305

Saudiya Arabistonida JCh-2018 ko‘rsatilmasligi mumkin

Foto: REUTERS

Saudiya Arabistoni aholisi 2018 yilgi jahon chempionati o‘yinlari translyatsiyasidan quruq qolishi mumkin. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, mahalliy telekompaniyalardan birontasi translyatsiya huquqini xarid qilish haqida kelisha olmagan. Kontentga Qatarning beIN Media egalik qiladi. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonlar o‘rtasidagi vositachi sanaladi, biroq muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Ta'kidlanishicha, qatarliklar Saudiya Arabistonini huquqlarni xarid qilmasdan translyatsiyani amalga oshirish va kontentni o‘g‘irlashda ayblamoqda.

Shu tariqa, agarda mundial boshlanishigacha vaziyat o‘zgarmasa, unda Saudiya Arabistoni aholisi JCh-2018ni tomosha qila olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon chempionati favoritlarini ma'lum qilgandi. 

Top