Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zeltexsanoat” AK tizimida importni keskin qisqartirish belgilandi
“O‘zeltexsanoat” AKda tadbirkorlar uchun ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Unda mamlakat elektrotexnika sanoati uchun zarur bo‘lgan va shu kungacha import qilib kelingan butlovchi qismlar namoyish etildi. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan Yo‘l xaritasida “O‘zeltexsanoat” AK tizimida importni keskin qisqartirish belgilandi. Bu haqda "O‘zeltexsanoat" AK axborot xizmati KUN.UZ'ga ma'lum qildi.
“Milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanishning dolzarb masalalari: “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari misolida” mavzusidagi ko‘rgazmali seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazmali seminarda so‘zga chiqqan kompaniya vakillarining ta'kidlaganidek, 2017 yilda kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan umumiy qiymati 244,7 mln. AQSh dollarlik xom-ashyo, butlovchi kismlar va uskunalar import kilingan, joriy yil yanvar-may oylarida bu ko‘rsatkich 103,7 mln dollarni tashkil etdi.
Ko‘rgazmali seminarda “O‘zeltexsanoat” AK tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan kabel-sim, elektrotexnika va maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va bugungi kunda import qilinayotgan butlovchi qismlarning taqdimoti namoyish etildi. Unda mazkur butlovchi qismlarni mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish imkoniyatlari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
11:54 / 03.01.2026
O‘zbekiston importida top-10: Turkiya, Koreya, Germaniya va Hindiston ham bor
18:07 / 10.12.2025
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqarilishi mumkin
12:05 / 09.12.2025
O‘zbekiston avtobus va mikroavtobus importini deyarli uch barobarga oshirdi
11:43 / 01.12.2025