15:22 / 25.07.2018
8917

Ivanka Tramp o‘z biznesini yopmoqda

Foto: The New York Times

AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp zargarlik, poyabzal va aksessuarlar ishlab chiqarish bo‘yicha firmasini yopishga qaror qildi. Bu haqda Ivanka seshanba kuni xabar bergan.

Firmani 2017 yilning bahoridan boshlab boshqarib kelayotgan Abigeyl Klem barcha 18 nafar xodimni biznes yopilishi to‘g‘risidagi qaror haqida xabardor qilgan. Ivanka Tramp kompaniya xodimlariga murojaat bilan chiqishni rejalashtirmoqda. «Biz o‘z brendimizni yaratganimizda, hech kim bizning yakunda erishgan yutuqlarimizni bashorat ham qila olmagandi. Vashingtonda o‘tkazilgan 17 oydan so‘ng men biznesga qachon qaytishim borasida aniq bir qarorga kelmadim. Shuni aniq bilamanki, yaqin istiqbolda Vashingtondagi ishimga barcha e'tiborni qarataman, shuning uchun hozirda qabul qilingan qarorim jamoa va sheriklarim uchun yagona to‘g‘ri yakundir», - deya aniqlik kiritdi prezidentning qizi o‘z bayonotida.

IT Collection firmasi 2011 yilda tashkil topgan va 20 nafar xodimga ega. The Wall Street Journal nashri xabar berishicha, bu biznes Ivankaga o‘tgan yilning 9 martidan to may yakuniga qadar 1-5 mln dollar atrofida daromad olib keldi. Rasmiy ravishda, firma o‘z aylanmalari, daromadlari va foydalari haqidagi ma'lumotni oshkor qilmaydi.

Mavzuga oid
Top