Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Kim Chen In bilan shaxsan uchrashishni xohlayapti
Foto: RIA Novosti
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan shaxsiy uchrashuv haqidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatladi, u yadroviy qurolsizlanish muammosini hal qilishga yordam beradi. Bu haqda Kyodo xabar qilmoqda.
Abening so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Shimoliy Koreya bilan diplomatik munosabatlarda turg‘unlik davom etmoqda.
«Men Kim Chen In bilan uchrashishim, u bilan muloqot qilishim, yadro va raketa masalalariga yechim topishim kerak», - deya aytib o‘tdi Abe.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu uchrashuv Yaponiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi yangi munosabatlarni boshlab beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR bo‘yicha yangi ma'lumotlar e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025