Şimoliy Koreya yadro va raketa dasturlari ustida işlaşni davom ettirmoqda. Bu haqda Reuters BMT hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga köra, mustaqil ekspertlar KXDR BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyalarini buzgan holda öz yadro dasturi ustida işlaşni davom ettirayotganini ta'kidlamoqdalar.
Ta'kidlanişiça, ekspertlar BMTga Şimoliy Koreya böyiça hisobotni 3 avgust, juma kuni taqdim etgan.
Hujjatga köra, KXDR Suriya bilan harbiy hamkorlikni ham qöllab-quvvatlamoqda va Yaman bilan qurol savdosini amalga oşirmoqda.
Şu bilan birga, ekspertlarning ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya töqimaçilik mahsulotlarini olib çiqişga qöyilgan taqiqni buzgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDRga qarşi sanksiyalar qaçon bekor qilinişi mumkinligi aytilgandi.













