Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya hukumati iste'foga chiqdi
Foto: KYODO NEWS
Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda yangi saylangan bosh vazir Sindzo Abe o‘zgarishlarni amalga oshirishi uchun iste'foga chiqdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar qilmoqda.
Avvalroq, hokimiyat tepasida bo‘lgan Liberal-demokratik partiya (LDP) a'zolari Sindzo Abeni o‘z raisi etib qayta saylashgandi.
Agentlikdan aytishlaricha, Abe asosiy vazirlarni saqlab qoladi va radikal o‘zgarishlardan voz kechishi mumkin. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, 18 nafar vazirdan faqat uchdan bir qismi Abening hisob bo‘yicha uchinchi hukumatida o‘z o‘rnini saqlab qoladi.
Kyodo’dan qo‘shimcha qilishlaricha, Yaponiya bosh vaziri bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Taro Asoni, Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suguni va tashqi ishlar vaziri Taro Kononi o‘z lavozimida olib qolish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abe KXDR bilan munosabatlar qanday shartda yaxshilanishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026