Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron neftiga yangi xaridorlar topildi
Foto: AP Photo / Vahid Salemi
Eronning birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy AQSh tomonidan islom respublikasiga nisbatan barcha sanksiyalarning qayta tiklanishiga qaramay, Eron neftini sotib olish istagidagi yangi hamkorlar paydo bo‘lganini ma'lum qildi, deya xabar beradi ISNA.
"Ba'zi mamlakatlar Eron neftini sotib olishni to‘xtatgan bir vaqtda biz yangi hamkorlarni topdik. Bundan tashqari, biz amaldagi hamkorlarimiz bilan muzokaralar o‘tkazdik", - deyiladi Jahongiriyning bayonotida.
Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Eron nefti xaridori bo‘lmagan ko‘plab mamlakatlar ayni damda uni sotib olish yo‘llarini izlamoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida Vashington Eron bilan yadroviy dasturga doir kelishuvdan chiqishi haqida e'lon qildi. Tramp shuningdek Eronga qarshi barcha sanksiyalarning tiklanishi to‘g‘risida ma'lum qildi.
Xalqaro vositachilar "oltiligi"ning qolgan a'zolari Xitoy, Rossiya, Britaniya, Fransiya va Germaniya AQShning bu qaroriga qarshi chiqdi. Yadroviy kelishuvda qolgan davlatlar kompaniyalarni Eron bilan hamkorlik uchun Amerika sanksiyalaridan himoyalash imkonini beruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
20:41 / 24.11.2025