Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Hindistonga borishdan bosh tortdi
Foto: Ron Sachs/Global Look Press
AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Dehlining Hindistonga 2019 yil 26 yanvarda Respublika kuni nishonlanishi vaqtida bosh mehmon sifatida kelish taklifiga rad javobini berdi.
Hindiston tashqi ishlar vazirligi bu holat bo‘yicha hozircha rasmiy izohlar bermagan. Shu jumladan, AQShning Hindistondagi elchixonasi ham prezidentning xorijiy safarlari bo‘yicha rejalarni Oq uy e'lon qilishini vaj qilib, biror izoh berishdan tiyilgan.
Trampning Hindistonga borishdan bosh tortishi haqidagi xabar ikki davlat o‘rtasida bir qator geosiyosiy masalalar, jumladan Eron nefti bo‘yicha ziddiyatlar mavjudligi ortida paydo bo‘ldi.
Hindistonda Respublika kuni 1950 yildan – mamlakat konstitutsiyasi kuchga kirgandan beri nishonlanib kelinadi. Hindiston hukumati ushbu bayram munosabati bilan an'anaviy ravishda xorijiy yetakchilarni faxriy mehmonlar sifatida taklif qiladi. Bu mehmonlar o‘z navbatida o‘zlari bilan paradda ishtirok etuvchi harbiylarni olib kelishadi. Misol uchun, 2016 va 2017 yillardagi tadbirlarda Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid ol Nahayon faxriy mehmon bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026