Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Tramp o‘z atrofida yolg‘onchilarni to‘plab olgan
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z atrofida yolg‘onchilarni to‘plab olgan, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Bundan oldin Sharon Lafraner ham bu haqda The New York Times gazetasida yozgan, deya ta'kidlaydi telekanal. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan AQSh maxsus prokurori Robert Myullerning AQShdagi 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvi yuzasidan surishtiruvi Tramp atrofida yolg‘onchilar naqadar ko‘pligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Xususan, u quyidagi misollarni keltirdi: AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha ko‘rsatmalarida yolg‘on borligini tan oldi, Tramp shtabi rahbarining o‘rinbosari Rik Geyts Ukrainadagi moliyaviy operatsiyalar haqida yolg‘on gapirganini bildirdi, Tramp saylovoldi shtabi rahbari Pol Manafort Ukrainadagi biznes haqida yolg‘on ma'lumot berganini aytdi, AQSh prezidentining sobiq advokati Maykl Koen Moskvadagi Trump Tower loyihasi haqida kongressga noto‘g‘ri ma'lumot berganini tan oldi.
CNN’ning qayd etishicha, bu Trampga avval yaqin bo‘lgan, yolg‘on gapirganini tan olib, sud tomonidan ta'qib qilingan shaxslarning ro‘yxati.
Bugungi kunga kelib, The Washington Post hisob-kitobiga ko‘ra, Trampning o‘zi Oq uydagi ilk 600 kuni davomida yoki butunlay yolg‘on bo‘lgan, yoki noto‘g‘ri xulosaga kelishga undaydigan 5000 mingtadan ortiq bayonot berdi, deya ta'kidlanadi materialda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp G20’da yetakchi ekanini emas, balki o‘ziga xos shaxsligini ko‘rsatgani aytilgandi.
Mavzuga oid
22:08 / 05.02.2026
Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarda o‘zbekistonlik «model qiz» xatlari borligi ma’lum bo‘ldi
21:33 / 05.02.2026
«Epshteyn ishi»ning 5 ta muhim oqibati: nega bu ish hali tinchimasligi haqida
19:02 / 05.02.2026
O‘zbekiston va AQSh hukumatlari muhim foydali qazilmalar to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi
18:27 / 05.02.2026