Argentinadagi G20 sammitida AQŞ prezidenti Donald Tramp yetakçiligini emas, balki öziga xos şaxs ekanini namoyiş etdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Uşbu sammitda mamlakatlar örtasidagi farq ança keskin böldi, deya bildiradi telekanal. Katta Jorj Buşning ölimi haqidagi xabarlardan söng, uning birlaştiruvçi rolidagi prezidentligi va Trampning çuqur ajratilgan prezidentligi örtasidagi farq aniq körindi.

«Bugun Amerika Qöşma Ştatlari uçun buyuk kun. Barça yönalişlar böyiça haqiqatdan ham katta muvaffaqiyat kuzatildi», - deya aytib ötdi jurnalistlarga Tramp ma'muriyatining yuqori mansabli amaldori G20’dan keyingi brifingda.

Tramp ma'muriyatida qanday ğalaba e'lon qilinmasin - AQŞning iqlim böyiça Parij bitimidan çiqişimi yoki boşqasimi - ular davlatning yetakçiligiga emas, balki Amerika «öziga xos» ekaniga qaratilgan. Umuman olganda, bu köp talofat berib erişilgan ğalaba hamda Qöşma Ştatlar, agar qaçondir yana öziga yetakçi rolini olsa, uni ortda qoldiriş yölini topişi kerak.

Muhim ahamiyatga ega bölgan yagona uçraşuv - XXR raisi Si Tszinpin bilan keçki ovqat ustidagi muzokara, deya ta'kidlaydi telekanal. Tramp jar yoqasidan qaytib keldi va 90 kunlik savdo sulhi haqida kelişib oldi, deyiladi materialda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy va AQŞning savdo sulhi faqat siyosiy tanaffusni anglatişi ma'lum qilingandi.

The New York Times gazetasining yozişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin örtasida Argentinadagi G20 sammitida erişilgan kelişuv - savdo uruşini töxtatiş va şartnoma tuzişga urinib köriş - aftidan, Tinç okeanining har ikki tomoniga iqtisodiy ziyon paydo böla boşlagaç, ikki yetakçiga siyosiy tanaffus taqdim etişga qaratilgandir.