Ukraina Makedoniyaga Rossiya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Ukraina bosh vazirining yevrointegratsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ivanna Klimpush-Tsintsadze Makedoniyani Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida xabar qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Yevropa kengashi parlament assambleyasining (YeKPA) Ukraina tomoniga nisbatan rezolyutsiyasini bajarishga intilmayapti. Klimpush-Tsintsadze Makedoniyani Yevropa davlatlari siyosatini qo‘llab-quvvatlashga hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyani sudga berishi xabar qilingandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ICTV telekanali efirida ma'lum qilishicha, mamlakat rasmiylari Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa tufayli BMT xalqaro sudiga da'vo arizasi bilan chiqish niyatida.
25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, lekin ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmadi. Ukraina tomonining bildirishicha, avval Rossiya kemalar kelishi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.
Shu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerch bo‘g‘ozidan chiqib ketayotganida unga qarata o‘t ochganini ma'lum qildi. Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralandi.
Mavzuga oid
22:33 / 20.09.2024
AEXA Rossiyani Zaporijjya AES hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi
21:46 / 20.09.2024
Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak - Zelenskiy
20:54 / 20.09.2024
Rossiyadagi eng ko‘p mehnat muhojirlari O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi
20:27 / 20.09.2024