Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ICTV telekanali efirida ma'lum qilişiça, mamlakat rasmiylari Kerç böğozidagi hodisa tufayli BMT xalqaro sudiga da'vo arizasi bilan çiqiş niyatida. Prezidentning sözlari uning saytida keltirilgan.

«BMT xalqaro sudiga da'vo arizasi tayyorlanmoqda, bu tajovuzkorlik akti sababli yuz beradi», - dedi Poroşenko.

Uning ta'kidlaşiça, tegişli hujjat allaqaçon «qayd etilgan».

Poroşenkoning qöşimça qilişiça, da'vo arizasi Rossiyani Ukrainaga nisbatan «tajovuzkorlik» uçun javobgarlikka tortişga yordam beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko nima uçun Ukraina kemalari Kerç böğozini kesib ötganini aytgandi.

Uning sözlariga köra, kemalar uşbu yöldan şu sababdan ketganki, agar ular quruqlikdan olib ötilganida, bu Kerç böğozi Rossiyaga tegişli ekanini tan olişni anglatgan bölardi. Prezidentning qöşimça qilişiça, bu «ruslar istilosi» tan olinişini ham bildirardi.