Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: IShID London metrosiga kimyoviy hujumni rejalashtirgan
Foto: Getty Images
IShID jangarilari zaharlovchi moddalarni qo‘llagan holda London metrosida hujum amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda Daily Mail xavfsizlik xizmatidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bu haqda ma'lumot guruhning yuqori lavozimli rahbarlari o‘rtasidagi «o‘zaro suhbatdan» olingan. Maxsus xizmatlar xodimlari ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar «Oksford-strit» va «Vaterloo» stansiyalarida xlorli bombalarni ryukzaklarga yashirgan holda hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, nashrning ta'kidlashicha, Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergeya Skripalning zaharlanishidan oldin bunday hujum ehtimoli terrorchilikka qarshi xizmatlar tomonidan 25 foizga baholangan, hozirda terakt ehtimoli 50 foizdan ortiq, deb baholanmoqda.
«Men doimiy tarzda Buyuk Britaniyada kimyoviy hujum ehtimoli tobora kuchayib borayotgani haqida ogohlantirdim. Bizda hujumga javob berish va hodisadan so‘ng oqibatlarni kamaytirish bo‘yicha yaxshi ishlab chiqilgan rejalarimiz bor», - deya ma'lum qildi xavfsizlik masalalari bo‘yicha vazir Ben Uolles gazetaga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh koalitsiyasi IShID yetakchilaridan birini yo‘q qilgandi.
Mavzuga oid
12:30 / 03.02.2026
Yerusti metro liniyasi ostidagi avtomobil ustiga fasad suvog‘i bo‘lagi tushib ketdi
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025