Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh koalitsiyasi IShID yetakchilaridan birini yo‘q qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya hududida bergan zarbasi bilan IShID terrorchilik guruhining yetakchilaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh fuqarosi Piter Kessigning o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan, IShID yetakchilaridan biri koalitsiya zarbasi davomida yo‘q qilindi.
Qayd etilishicha, zarba Suriya janubida uchuvchisiz uchar qurilma yordamida berildi.
Shu bilan birga, hujum natijasida guruhning bir necha jangarisi ham yo‘q qilingani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh IShID yordamida Suriya rejimini o‘zgartirmoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026